“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy ongini yuksaltirish, ularni oilaviy hayotga tayyorlash, mas’uliyatli ota-ona bo‘lishga yo‘naltirish maqsadida “Ma’suliyatli ota-onalik” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda universitetning Yoshlar bilan mahallabay ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N. Abduvahidova tomonidan mazkur mavzuda ma’ruza qilindi. Unda ota-onalik mas’uliyati, oilaviy tarbiyaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, farzand tarbiyasida mehr, hurmat va e’tibor muhim omil ekani alohida ta’kidlandi.
Ma’ruzada shuningdek, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda ota-onalarning o‘rni va mas’uliyatlari, zamonaviy oilaning mustahkam poydevorini yaratish borasidagi fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir ishtirokchilari faol qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Bahs-munozaralar davomida mas’uliyatli ota-onalik haqida yanada chuqurroq tushunchalarga ega bo‘ldilar.