Universitetimizda ilmiy daraja beruvchi Ilmiy kengash raisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Alisher Eshtaev turizm va mehmonxona biznesi yo‘nalishida o‘zi va hammualliflikda yozgan 30 dona kitobini universitet kutubxonasiga hadya qildi.
Tadbirda universitetimiz rektori Muhsinjon Xolmuxamedov so‘z olib, ushbu adabiyotlarning universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun ajoyib bir manba ekanligini, undan oqilona foydalanish lozimligini ta’kidladi. Kitoblar muallifi professor Alisher Eshtaev ham ushbu kitoblarda turizmning qaysi jihatlariga e’tibor qaratganligi, bugungi kunda turizm sohasining rivojida manbalarning ahamiyati xususida gapirdi.
Universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari nomidan professor Alisher Eshtaevga qimmatli kitoblar uchun katta minnatdorchilik bildiriladi.