“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xodimlari O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Xitoy Xalq Respublikasining Xebey provinsiyasiga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif ikki davlat o‘rtasida turizm, ta’lim, madaniyat va iqtisodiyot sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Delegatsiya safida universitet xodimlari F. Furkatov va O. Inoyatov ham ishtirok etdilar. Ular tashrif davomida Xebey provinsiyasida turizm va agro-turizm yo‘nalishlari, zamonaviy sanoat klasterlari, yirik ishlab chiqarish markazlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, 24 soat faoliyat yurituvchi savdo va ko‘ngilochar maskanlarning faoliyati, madaniy loyihalar va aholiga qulay sharoitlar yaratish borasidagi ilg‘or tajribalar o‘rganildi.