2025-yil 3-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi raisi M. Abbasova hamda universitet psixologi D. Turdiyeva talabalar turar-joyida yashovchi talaba-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazishdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad — talaba-qizlarning yashash sharoitlari, u yerda yaratilgan muhitning holati bilan yaqindan tanishish va uni o‘rganishdan iborat bo‘ldi.
M. Abbasova har bir talaba-qiz o‘zlarini nufuzli universitet talabasi ekanligini doimo yodda tutishlari, turar-joyda amal qilinadigan tartib-intizom va sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilishlari lozimligini ta’kidladi. Shuningdek, birlamchi yong‘in xavfsizligi va boshqa texnik xavfsizlik masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Psixolog D. Turdiyeva esa talabalar bilan suhbat davomida psixologik holat, emotsiyalarni boshqarish, ruhiy barqarorlikka erishish borasida foydali tavsiyalar berdi.
Talabalar turar-joyiga tashriflar davom etmoqda.