2025-yil 13-oktabr kuni “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova, psixolog D.Turdiyeva, tyutor P.Islomovlar reja asosida talaba-qizlarning yashash sharoitlari bilan tanishish maqsadida, ijarada turadigan talaba-qizlarning xonadonlarida bo‘lishdi.
Mutasaddilar Samarqand shahridagi xonadonlarda ijarada istiqomat qiluvchi talabalar F.Shamsiddinova, G.Umarova hamda xonadon egasi Z.Sulaymonova bilan yaqinidan muloqot qilib, talabalarning yashash sharoitlari mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumotlar olishdi.
Shuningdek, mas’ullar talaba-qizlarning yashash xonadonlaridagi yong‘in xavfsizligi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinishi kabi masalalarni ham o‘rganishdi. Talabalarga soat 21:00 dan keyin ko‘chaga chiqmasliklari yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.