UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Ijara xonadonlariga tashrif

14.10.2025 1 daq o'qish 1

Ijara xonadonlariga tashrif

2025-yil 14-oktabr kuni “Ipak yo’li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetimizning bir guruh mas’ullari reja asosida Samarqand shahrida ijara xonadonlarida yashovchi talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishishdi. Dastlab mutasaddilar ijarada yashovchi talabalar D. Asrorov, U. Matlabov, G. Kaxxarova va G. Isomiddinovalar hamda xonadon egasi bilan yaqindan muloqot qilishdi. Talabalarning yashash shart-sharoitlari bilan tanishib, kuzatuv kameralarining mavjudligi, mahalla oqsoqollarining xonadon vakillari bilan hamkorligi haqida ma’lumotlar olishdi. Talabalarga kuz-qish mavsumida yong‘in xavfsizligi qoidalariga va uyda tozalikka rioya qilish kabilar yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Ijara yashovchi talabalarning manzillariga tashriflar davom etmoqda.

Ulashish: