Universitetimiz mas’ullari tomonidan Samarqand shahridagi ijara xonadonlarda yashovchi talabalar — Osuda Qudratova, Charos Bahronova hamda Mehribon Zayniyevalarning yashash sharoitlari o‘rganildi.
Tashrif davomida talabalar istiqomat qilayotgan xonadonlardagi sharoitlar, jumladan, gaz, issiq suv va elektr ta’minoti kabi kommunal xizmatlar holati hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi o‘rganildi.
Ijara xonadon egalari bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va mavjud imkoniyatlar muhokama qilindi.
Shuningdek, talabalar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda kuz-qish mavsumida amal qilinishi lozim bo‘lgan qoidalar, tartib-intizom va tozalikni saqlash masalalari bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Mazkur tashrif davomida mas’ullar tomonidan talabalar uchun yaratilgan sharoitlar muntazam nazoratda bo‘lishi, ularning xavfsiz va qulay muhitda yashashlari uchun tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.