Samarqand shahrining joylashgan ijara xonadoniga tashrif davomida Jahongirov Orzubek va Bozorov Og‘abek istiqomat qilayotgan maskan haqiqiy tartib-intizom va qulaylik namunasi ekani ko‘zga tashlandi. Xonadonda jami 5 nafar yigit yashab, ulardan 2 nafari universitet talabalari hisoblanadi. Talabalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan: xona yorug‘, issiq, dars tayyorlash va tinch shug‘ullanish uchun yetarli qulayliklar mavjud.
E’tiborga molik jihatlardan biri shuki, Orzubek gul parvarishlashga alohida qiziqadi. Xonaga kirgan zahoti turli gullarning yoqimli isi sizni kutib oladi, ularni ko‘z nuridek asrab, mehr bilan parvarishlab kelayotgani sezilib turadi. Ushbu xonadon nafaqat yashash, balki o‘z ustida ishlash, o‘qish va ijod qilish uchun ham nihoyatda qulay muhitga ega ekani yaqqol namoyon bo‘ldi.