2025-yil 16-oktabr kuni universitetimizda tahsil olayotgan va ayni paytda ijarada yashayotgan talaba-qizlarning yashash sharoitlari bilan tanishish, shuningdek, xonadon egalarining ular haqidagi fikrlarini o‘rganish maqsadida mas’ullar tomonidan 2-bosqich talabalari Sh. Normamatova, F. Islomova, M. Baxtiyorova va I. Islomovalarning ijara xonadonlariga tashrif amalga oshirildi.
Tashrif chog‘ida talaba-qizlar hamda xonadon egalari bilan yaqindan muloqot qilinib, kuz-qish mavsumidagi yashash shart-sharoitlari, mavjud imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi. Xususan, yong‘in xavfsizligi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, xonadonlarga kuzatuv kameralarining o‘rnatilganligi kabi jihatlar ham ko‘zdan kechirildi va zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, talabalar bilan ijara xonadonlari egalari o‘rtasidagi munosabatlar, ularning ijtimoiy holati yuzasidan ham suhbatlar o‘tkazildi. Mas’ullar tomonidan talaba-yoshlarga kechki vaqtlarda ko‘chaga chiqmasdan, dars jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish, turli adabiyotlarni mutolaa qilish zarurligi ta’kidlandi.
Ijarada yashovchi talabalar manzillariga tashriflar davom etmoqda.