2025-yil 30-oktabr kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida voleybol sport turi bo‘yicha musobaqalarga tantanali tarzda start berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar ko‘tarinki ruhda bellashib, o‘z jamoalarining g‘alabasi uchun bor mahoratini namoyon etdilar. Ushbu musobaqalar talaba-yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, ularni sog‘lom raqobat va ijobiy muhitda birlashtirdi.