Universitetda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan «Kelajak soati» loyihasi doirasida navbatdagi «Ma’rifat darsi» tashkil etildi. Tadbirda universitet dekani, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdilar.
Dars davomida dekan bunday tashabbuslarning yurt rivojiga munosib hissa qo‘sha oladigan yuqori malakali mutaxassislar va faol fuqarolar tayyorlashda beqiyos ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tdi. U «Ma’rifat darslari»ning asosiy maqsadlaridan biri yoshlarning ma’naviy yetukligini, vatanparvarlik tuyg‘usini, fuqarolik mas’uliyati va ijtimoiy faolligini oshirish ekanini qayd etdi.
Dars davomida talabalar dunyoqarashini kengaytirish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish, insonparvarlik qadriyatlarini mustahkamlash, shuningdek, mas’uliyatli mutaxassis va faol fuqaro sifatida tarbiyalashga qaratilgan ishlar ham muhokama qilindi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar yoshlarning qalbida yurtga muhabbatni, jamiyatdagi o‘z o‘rni va mas’uliyatini anglashni mustahkamlashga xizmat qiladi.