Mazkur tanlovlarda o‘z iqtidorini namoyon etib, faol ishtirok etgan talaba-yoshlarning mehnati universitet rahbariyati tomonidan yuksak qadrlanib, universitet Ma'muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori D.Nasimov va “Komplayens nazorat” bo‘limi boshlig‘i I.Negmatov tomonidan g‘olib va sovrindor talabalar tantanali ravishda sertifikatlar bilan taqdirlandi. Ahamiyatlisi, talaba-yoshlarning videoroliklarida, rasmlarda va insholarda korrupsiyaning jamiyat illati ekanligi va uning oqibatlari keng tasvirlangan.
Ushbu jarayon nafaqat yoshlarning ijodiy salohiyatini rag‘batlantirish, balki ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga xizmat qildi. Tadbir doirasida yaratilgan ijodiy ishlar esa yoshlarda halollik, adolat va mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.