“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi Bo‘stonliq turizm va madaniy meros texnikumi ishlab chiqarish ta’lim ustasi Nortojiyeva Rushana Shoxobidin qizi "Fidoyi xizmatlari uchun" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Nortojiyeva Rushana Bo‘stonliq turizm va madaniy meros texnikumida 13 yildan buyon "Umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish" yo‘nalishi bo‘yicha yosh avlodga puxta bilim berib, ularni kasb-hunar egasi etib tarbiyalash yo‘lida fidokorona mehnat qilib kelmoqda.
Mazkur nishon — nafaqat Nortojiyeva Rushananing, balki butun texnikum jamoasining sharafi, o‘quvchilarining faxri, ustozlarning orzusidir. Ushbu yutuq yurtimizda kasbiy ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor va ustozlarga bo‘lgan hurmatning amaldagi ifodasidir.