XUSHXABAR
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan, mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan viloyatimizning faol jamoat arboblari, ziyolilar va kelajak bunyodkori bo‘lgan iqtidorli yoshlar “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan munosib taqdirlandilar.
Quvonarlisi, mukofotlanganlar orasida universitetimiz rektori
M. Xolmuxamedov, Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektor D.Nasimov, Ishlar boshqarmasi boshlig‘i A.Gadoev, Tarjima nazariyasi kafedrasi mudiri T.Akramova, Turizm menejmenti kafedrasi mudiri X. Ibragimov, Ta’lim sifati bo‘limi boshlig‘i A.To'xtamishov, “Ipak yo‘li” tadqiqot instituti direktori N.Mansurova va xodimlari M.Nabiraeva, F.Xudoyqulova, Turizm Akademiyasi matbuot kotibi N.Murodovalar ushbu faxrli mukofotga sazovor bo‘lishdi.
Universitetimiz professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari nomidan barcha mukofotlangan hamkasblarimizni ushbu mukofot bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!