YANGI O‘QUV YILI TANTANALI TARZDA BOSHLANDI
Bugun universitetimizda yana bir unutilmas kun — 2026/2027- o‘quv yilining tantanali ochilish marosimi katta ko‘tarinkilik va bayramona ruhda bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir yangi o‘quv yilini qarshi olish maqsadida professor-o‘qituvchilar, talabalar, va mehmonlarni bir maskanga jamladi.
Marosim davomida universitetimiz rektori va boshqalar yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan samimiy tilaklar hamda yangi bilim va yutuqlar sari ilhomlantiruvchi fikrlar bildirdi.
Bir tomonda universitetni tamomlab, o‘z yo‘lini muvaffaqiyat bilan davom ettirayotgan bitiruvchilar. Ikkinchi tomonda esa universitet hayotiga endigina qadam qo‘yayotgan yangi avlod. Ularning nutqlarida universitet bilan bog‘liq xotiralar, bugungi hayajon va kelajakka bo‘lgan katta umidlar o‘z aksini topdi.
Tadbir davomida universitet hayotidagi muhim maqsad va ustuvor yo‘nalishlarga ham alohida e’tibor qaratildi.
Bugungi kun nafaqat yangi akademik yilning boshlanishi, balki oldimizda turgan yangi maqsadlar sari tashlangan ilk qadam bo‘ldi.
Yangi o‘quv yiliga xush kelibsiz!