Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“YANGI POG‘ONA: 2026–2027 O‘QUV YILIDA XALQARO BIZNES VA KREATIV IQTISODIYOT KAFEDRASI”

28.08.2026 1 daq o'qish 252

“YANGI POG‘ONA: 2026–2027 O‘QUV YILIDA XALQARO BIZNES VA KREATIV IQTISODIYOT KAFEDRASI”

Universitetimizning Xalqaro biznes va kreativ iqtisodiyot kafedrasi 2026–2027 o‘quv yiliga yangi marralarni belgilab, keng ko‘lamli o‘zgarishlar bilan qadam qo‘ymoqda. Bu yil kafedramiz nafaqat yangilangan o‘quv rejalari, balki ilmiy innovatsiyalar va xalqaro hamkorlikning yorqin namunalari bilan diqqat markazida bo‘ladi.

O‘quv jarayoni endi yanada zamonaviy, raqobatbardosh va amaliyotga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Kafedramizda 3 nafar xorijlik va 15 nafar mahalliy professor-o‘qituvchilar – jami 18 nafar tajribali ustoz talabalar bilan bilim va ko‘nikmalarini baham ko‘radi.

Xorijlik mutaxassislar jahonning yetakchi biznes maktablaridan kelgan bo‘lib, ular mahalliy professorlar bilan birgalikda talabalarga global iqtisodiy tendensiyalar, innovatsion boshqaruv va ijodiy iqtisodiyot sirlarini o‘rgatadi.
Yangi o‘quv rejalarida:

  • raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt iqtisodiyoti;

  • xalqaro biznes strategiyalari va startup loyihalari;

  • kreativ klasterlar va iqtisodiy rivojlanish modellari;

Galereya

Ulashish: