“Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi o‘qituvchisi Hilola Turakulova rahbarligida “Akademik tadqiqot va yozish” fani doirasida 10 nafar iqtidorli talaba-yoshlar tomonidan ulkan ilmiy natijaga erishildi. To‘rt oy davomida olib borilgan tinimsiz izlanishlar, ilmiy ishtiyoq va tirishqoqlik o‘z samarasini ko‘rsatdi. Yosh tadqiqotchilarning maqolalari nufuzli ilmiy jurnallarda chop etildi.
Xususan, talabalarning ilmiy ishlari “American Journal of Education and Evaluation Studies” hamda juda yuqori ko‘rsatkichga ega “Science and Innovation” kabi xalqaro jurnallar sahifalarida joy ajratildi. Bu esa yoshlar ilmining dunyo miqyosida e’tirof etilayotganidan dalolatdir.
Mazkur yutuq, universitetimizda ta’lim olayotgan har bir talabada ilmiy tadqiqotga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishi va yangi-yangi kashfiyotlarga turtki bo‘lishi shubhasiz.