UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Yoshlar kuni keng nishonlandi

14.05.2026 1 daq o'qish 1

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Yoshlar kuni keng nishonlandi

Joriy yilning 14-may kuni universitetimizda Yoshlar kuni munosabati bilan qator madaniy va sport tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

“Milliy qadriyatlar” rukni ostida talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida lanka, arqon tortish, chillik kabi milliy o‘yinlar yuqori kayfiyatda tashkil etildi. Ishtirokchilar o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va jamoaviy muhit yanada mustahkamlandi. Shuningdek, universitet oliygohning 2-bosqich talabalari o‘rtasida badminton  musobaqasi o‘tkazildi. Qizg‘in va raqobatli ruhda o‘tgan musobaqada har bir ishtirokchi g‘alaba uchun bor kuch va mahoratini namoyish etdi.

Bunday tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda milliy merosimizni asrab-avaylashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ulashish: