"Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti tyutori Sh.Zayniddinova hamrohlihida birinchi bosqich talabalari bilan muzeyga sayohat qilindi.
Samarqand shahridagi O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyiga talabalar tashrifi tashkil etildi. Tashrif davomida talabalar muzeyda saqlanayotgan qadimiy tarixiy eksponatlar, milliy hunarmandchilik namunalari, san’at asarlari hamda xalqimizning boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar.
Muzeydagi noyob tarixiy buyumlar va ko‘rgazmalar yoshlarda milliy qadriyatlarga hurmat, tariximizga qiziqish hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamladi. Sayohat davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar