Joriy yilda amerikalik “Fullbright” dasturi yordamchisi, volontyor Chanel Nassir tomonidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida sportning lakros turini rivojlantirish maqsadida xotin-qizlardan iborat jamoa tashkil qilindi.
Ushbu yilning 6-8-iyun kunlari yoshlar ishtirokida Osiyo-tinch okeani Lakros Ittifoqi direktori Kris Gino ishtirokida universitetimizda taqdimot o‘tkazilib, master klass tashkil qilindi. Tadbirda yurtimizda sportning lakros turini rivojlantirish maqsadida ixtisoslashtirilgan sport maktabi bilan memorandum imzolandi. Shuningdek tashkilotchilar tomonidan O‘zbekistonda sportning lakros turini yanada ommalashtirish maqsadida iqtidorli yoshlarga va yetakchi murabbiylarga sport anjomlari taqdim qilindi.