Maqola
Universitet rektori Muxsinjon Xolmuxamedovning turizm va mehmondo‘stlik industriyasini rivojlantirishga bag‘ishlangan maqolasi “Narodnoe slova” gazetasida chop etildi.
Bugun, 26-avgust kuni respublikamizning nufuzli “Narodnoe slova” gazetasida universitetimiz rektori Muxsinjon Xolmuxamedovning “Импулс для развития индустрии гостеприимства” (“Mehmondo‘stlik industriyasini rivojlantirish impulsi”) nomli maqolasi chop etildi.
Mazkur ilmiy-ommabop maqolada Prezidentimizning Xivada tadbirkorlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotiga chuqur tahliliy munosabat bildirilgan bo‘lib, ayniqsa, turizm sohasida mamlakatimizda, xususan Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, yangi loyihalar va istiqbolli rejalar yorqin misollar bilan yoritilgan.
Rektorimizning fikrlari nafaqat turizm infratuzilmasini takomillashtirish, balki kadrlar tayyorlash, xizmat ko‘rsatish madaniyati va mintaqaviy rivojlanish strategiyasiga o‘ziga xos ilmiy qarashlarni o‘zida mujassam etgan.
Shu bois, barcha professor-o‘qituvchilarni ushbu maqolani o‘qib chiqishini tavsiya qilamiz.