Dushanba, 08 Aprel 2024 13:04

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bo‘limlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga munosib nomzodlarni ishga taklif qiladi

Lavozim nomi: Tarbiyachi-pedagog

Ma’lumot: Oliy (magistr).

Mutaxassislik: Pedagogika va psixologiya, Turizm, Tarix, Filologiya (TOP-500, TOP-1000 ro‘yxatidagi OTMlarni tugatgan nomzodlarga qo‘shimcha ball beriladi)

Mehnat staji: Ta’lim sohasida kamida 3 yil ishlagan bo‘lishi;

- katta hayot tajribasiga hamda talabalarga o‘rnak va namuna bo‘ladigan fazilatlarga ega bo‘lishi;

- pedagogika, psixologiya va tarbiya haqida dastlabki bilimlarni bilishi;

- yoshlarga oid davlat siyosatini, bugungi kundagi ijtimoiy-siyosiy hayotda kechayotgan voqealar hamda O‘zbekiston Respublikasining ta’lim-tarbiyaga oid siyosatini bilishi;

- kitobxonlik madaniyatiga hamda boshqa namunaviy shaxsiy fazilatlarga, intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lish.

Xorijiy tilni bilish darajasi: Rus va ingliz tillarini bilishi.

Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office (Word, Excel, Power point), ofis dasturlarini mukammal bilishi, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalana olishi hamda Kompyuterda ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.

Lavozim majburiyatlari:

Universitetning talabalar turar joyi (keyingi o‘rinlarda - TTJ)da tarbiyachi-pedagog, talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazish hamda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida, shuningdek Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining buyruq va ko‘rsatmalarida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Universitet talabalari ongiga milliy g‘oyani singdirish, ularda erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod inson shaxsini shakllantirish masalasi, talaba-yoshlarning siyosiy ongini, xushyorligini yanada oshirish, jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlarga, voqea-xodisalarga, islohotlarga faol munosabatini tarbiyalash, hozirjavobligini oshirish hamda Vatanimiz taraqqiyotiga tahdid solayotgan turli ekstremistik oqimlar ta’siridan muhofaza qilishga qaratilgan ma’naviy-ahloqiy tarbiya ruhini shakllantirish va barkamol shaxsni tarbiyalashdan iborat.

Tarbiyachi-pedagog TTJda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etadi va talabalarning tarbiyaviy ishlari bilan shug‘ullanadi.

TTJdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi hamda quyidagi hamkorlar bilan birgalikda amalga oshiriladi:

Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti kengashi;

OTMni Xotin-qizlar qo‘mitasi;

kasaba uyushmasi qo‘mitasi;

fakultet dekanatlari;

kafedralar;

boshqa jamoat tashkilotlari vakillari.

Hamkor tashkilotlar vakillari TTJga belgilangan reja asosida tashrif buyurishadi.

 TTJdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha yillik reja tuzadi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadi;

- TTJdagi talabalarni qiynayotgan muammolar va ularni qiziqtirgan masalalar xususida davra suhbatlari o‘tkazadi, qiziqarli mavzularda bahs-munozara va debatlar, ma’naviy-ma’rifiy mavzudagi kechalar tashkil etadi.

- ishlab chiqilgan reja asosida tyutorlarining talabalar turar joyga tashrifini tashkil etadi;

- talabalarning yashash sharoitlari va ularning dars bilan bog‘liq muammolari haqida tushunchalar hamda yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadi;

- talabaning odob-ahloqi, o‘zini tutishi va kiyinish madaniyatiga qay darajada e’tibor qilinayotganini nazorat qiladi;

- tegishli reja asosida “Kafedra kunlari”ni tashkil etadi;

- talabalar kengashi ishini tashkil etish va mas’uliyatini oshirishga ko‘maklashadi (zarurat tug‘ilganda talabalar hulq-atvorini talabalar kengashi muhokamasiga qo‘yadi);

- qavatlar va xonalar ozodaligini, qavat jihozlari soz yoki nosozligini nazorat qiladi, mavjud muammolarni talabalar turar joyi mudiriga va institut rahbariyati e’tiboriga havola etadi;

- “Namunali xona” ko‘rigini o‘tkazib, g‘olib xona egalarini rag‘batlantirish va talabalarning ijtimoiy ahvolini yaxshilashga doir takliflar kiritadi;

- TTJda pasport va kirish-chiqish tizimi, shuningdek, yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xona jihozlaridan oqilona foydalanish borasida tushuntirish ishlarini  olib boradi;

- TTJda joriy etilgan tartib-intizom va qoidalarni qo‘pol ravishda buzib, ahloq-odob qoidalariga zid ish qilgan talabalarni muhokama qilish, ularni talabalar turar joyidan chetlatish bo‘yicha talabalar turar joyi ma’muriyati va fakultet dekanlari, prorektorlarga ma’lumotlar kiritadi;

- TTJdagi madaniy dam olish xonalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasiga binoan, davlatimiz, xalqimiz bayramlari va tantanali sanalarga bag‘ishlab ko‘zga ko‘ringan jamoat arboblari, olimlar, yozuvchilar, shoirlar va san’at arboblari bilan uchrashuvlar, suhbatlar va savol-javob kechalarini o‘tkazishda faol ishtirok etadi, universitet yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi bilan kelishilgan holda talabalarning muzeylar, teatrlar va ko‘rgazmalarga tashrifini tashkil qiladi;

- TTJni zamonaviy dizayn talablari asosida jihozlash, kerakli shiorlar, rasmlar va devoriy lavhalar qo‘yish uchun takliflar beradi;

- talabalarning huquqiy ongini oshirish, qonunlarga rioya qilish va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida yilning har choragida huquq-tartibot organlari - prokuratura, sud va ichki ishlar xodimlarining TTJdagi talabalar bilan uchrashuvlarini yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlaydi;

- talabalarni ta’lim muassasasi hayoti, boy tarixiy an’analari, jamoat tashkilotlari faoliyati, shuningdek, bo‘lajak mutaxassislar sifatida qo‘yilgan talablar bilan tanishtirib boradi;

- TTJda yashovchi talabalarning ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;

- TTJda istiqomat qilayotgan talabalarning ota-onalari bilan muntazam aloqada bo‘lib, ularning so‘rovlari asosida farzandlarining umumiy ahvoli va ta’lim-tarbiyasi haqida ma’lumot beradi;

- turdosh ta’lim muassasalaridagi tajribali tarbiyachi-pedagoglar bilan yaqindan aloqada bo‘lib, ular bilan muntazam tajriba almashib boradi;

- shuningdek, TTJda talabalarning darsdan tashqari vaqtlardagi faoliyati tizimini takomillashtirish, yoshlar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning ta’sirchanligini ta’minlash, talabalarni ijtimoiy foydali ishlar, qiziqarli tadbirlar bilan qamrab olish, ularning madaniy dam olishlarini tashkil etish, fanlarni o‘zlashtirish va dars tayyorlash shart-sharoitlarini yaxshilash, talabalar turar joyiga kirish va chiqish tartiblariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash, turli yot g‘oyalarning maqsad va intilishlaridan ogoh etish, giyohvandlik, OITS va boshqa illatlardan saqlash kabi tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi.

TTJda tashkil etiladigan barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni Talabalar kengashi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

Tarbiyachi-pedagog talabalar turar joylarida o‘tkazilishi belgilangan tadbirlar ijrosini ta’minlamagan professor-o‘qituvchilar va kafedralar faoliyati bo‘yicha ularga ma’muriy-tashkiliy choralar ko‘rish masalalari bo‘yicha rektorga takliflar kiritish huquqlariga ega.

Talabalar turar joylarida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy-tarbiyaviy tadbirlar Universitetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi doirasida amalga oshiriladi.

 

Lavozim nomi: UNESCO chair kafedrasi yetakchi mutaxassisi.

Ma’lumot: Oliy (magistr).

Mutaxassislik: Iqtisodiyot, turizm, tarix, pedagogika va psixologiya (TOP-500, TOP-1000 ro‘yxatidagi OTMlarni tugatgan nomzodlarga qo‘shimcha ball beriladi.)

Xorijiy tilni bilish darajasi: Rus va ingliz tillarini bilishi, ingliz tili (IELTS 7,0 yoki davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish to‘g‘risidagi sertifikat-CEFR C1 darajasida bilishi).

Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office (Word, Excel, Power point), ofis dasturlarini mukammal bilishi, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalana olishi hamda Kompyuterda ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.

Lavozim majburiyatlari:

         “Ipak yo‘li” barqaror meros turizmi bo‘yicha tahlil markazini tashkil etish, Ipak yo‘li bo‘ylab turizmni rivojlantirishning nazariy tizimini yaratish va Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab barqaror meros turizmini rivojlantirishda yetakchi rol o‘ynaydigan professional ko‘nikmalarni ishlab chiqish;

         Ipak yo‘li bo‘ylab akademik hamkorlik va almashinuvni kuchaytirish, ta’lim va Ilmiy soha sifatini oshirish orqali yoshlar uchun ochiq bo‘lgan o‘quv materiallarini yaratish, kadrlar tayyorlash bo‘yicha jamoat platformasini tashkil etish;

         Universitet o‘zining elektron jurnalida ilmiy maqolalar va tezislarni joylab borish va ularni monitoringizni olib borishi lozim;

Elekron jurnalda chop etiladigan maqolalar va tezislarni tahrirlash va tahrirlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim.

 

Lavozim nomi: Professional ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘limiga yetakchi mutaxassis.

Ma’lumot: Oliy (bakalavr yoki magistr).


Mutaxassislik:, Iqtisodiyot, turizm, tarix, pedagogika va psixologiya
(TOP-500, TOP-1000 ro‘yxatidagi OTMlarni tugatgan nomzodlarga qo‘shimcha ball beriladi.)

Mehnat staji: Professional ta’lim kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lishi lozim.

Xorijiy tilni bilish darajasi: Rus va ingliz tillarini bilishi, ingliz tili (IELTS 6,0 yoki davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish to‘g‘risidagi sertifikat-CEFR B2 darajasida bilishi).


Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office (Word, Excel, Power point), ofis dasturlarini mukammal bilishi, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalana olishi
hamda Kompyuterda ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.


Lavozim majburiyatlari:

Universitet huzuridagi kollej va texnikumlarda o‘quv jarayoni tashkil etilishini Оliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga, Оliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining o‘quv jarayoni bo‘yicha o‘rnatilgan talablar va nоrmativ xujjatlariga mоsligini ta’minlash;

O‘quv-me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash, Universitet huzuridagi kollej va texnikumlaring yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini muvоfiqlashtirish;

Universitet va turdоsh оliy ta’lim muassasalarining alоqa va axbоrоtlashtirish sоhasiga dоir ishlab chiqilgan yangi ta’lim texnоlоgiyalariga asоslangan zamоnaviy axbоrоt va pedagоgik texnоlоgiyalarni Universitet huzuridagi kollej va texnikumlar o‘quv jarayoniga tadbiq etish;

Universitet huzuridagi kollej va texnikumlar o‘rtasida o‘quv ishlari, o‘quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqоt ishlarini takоmillashtirish hamda o‘zarо tajriba almashishlarni rivоjlantirish;

Universitet huzuridagi kollej va texnikumlarning o‘quv jarayoni samaradоrligini оshirish va mоddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

 

Lavozim nomi: Xalqaro hamkorlik bo‘limiga yetakchi mutaxassis.

Ma’lumot: Oliy (bakalavr yoki magistr).


Mutaxassislik: Turizm, iqtisodiyot, tarix, (TOP-500, TOP-1000 ro‘yxatidagi OTMlarni tugatgan nomzodlarga qo‘shimcha ball beriladi.)

Mehnat staji: Oliy ta’lim muassasasida xalqaro hamkorlik faoliyati bo‘yicha kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lishi lozim.

Xorijiy tilni bilish darajasi: Rus va ingliz tillarini bilishi, ingliz tili (IELTS 7,0 yoki davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish to‘g‘risidagi sertifikat-CEFR C1 darajasida bilishi).


Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office (Word, Excel, Power point), ofis dasturlarini mukammal bilishi, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalana olishi
hamda Kompyuterda ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.


Lavozim majburiyatlari:

Xorijiy Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim talabalaridan iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish;

O‘qituvchilar almashinuvi uchun xorijiy hamkorlarni izlash, shuningdek, tegishli shartnomalarni tayyorlash va imzolash universitetning tarkibiy bo‘linmalari va xodimlari tomonidan taqdim etilgan loyiha g‘oyalari hamda professor-o‘qituvchilarning xalqaro hamkorlikda ishtirok etish imkoniyatlarini tahlil qilish;

Xorijiy ta’lim va ilmiy muassasalar va tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarni o‘rnatish, rivojlantirish hamda shartnomalarni huquqiy rasmiylashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;

Bo’lim faoliyatini takomillashtirish, xorijiy davlatlar bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish va kengaytirish ishlarini olib borish;

Xorijiy davlatlarning vakolatxonalari, elchixonalari, ta’lim muassasalari, fondlar bilan hamkorlikni kengaytirish;

Xorijiy davlatlar delegatsiyalarining uchrashuvlari va muzokaralarini tashkil etish;

Xalqaro ilmiy-ma’rifiy seminarlar, konferensiyalar, kongresslar va boshqa tadbirlarni muvofiqlashtirish.


 

Ipak yoli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

nomzodlarga:

  • barqaror oylik maosh,
  • istiqbolli karyerani nazarda tutgan qiziqarli mehnat faoliyatini,

Ish tartibi: dushanbadan juma kuniga qadar

Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha

Dam olish kuni: shanba, yakshanba.

Hujjatlarni topshirish muddati: 2024- yil 20-aprel (shu kuni soat 18:00 qadar).

Nomzodlar Этот адрес электронной почты защищён от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga yoki +998 93 523 22 95 telegram raqamiga quyidagi ma’lumotlarni yuborishi kerak:

  • O‘zbek yoki (rus), ingliz tilidagi KPI.
  • Til bilish sertifikati.
  • Ma’lumotnoma va diplom.

Ma’lumot uchun telefonlar:

+998 66 240-67-73

O'qilgan 1637 marta
Kategoriya Vakant lavozimlar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar