“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
bo‘limlardagi bo‘sh ish o‘rinlariga munosib nomzodlarni tanlov asosida ishga taklif qiladi
Lavozim nomi: to‘lov-kontrakt bo‘yicha yetakchi mutaxassis
Ma’lumot: Oliy (bakalar yoki magistr).
Mutaxassislik: Iqtisodiyot, Moliya, Buxgalteriya va audit, bank ishi (TOP-500 ro‘yxatidagi oliy ta’lim muassasalarini tugatgan nomzodlarga qo‘shimcha ball beriladi).
Mehnat staji: Iqtisodiyot va oliy ta’lim sohasida kamida 2 yil ish stajiga ega bo‘lishi lozim.
Xorijiy tilni bilish darajasi: Rus va ingliz tillarini bilishi, ingliz tili (IELTS 6,0 yoki davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish to‘g‘risidagi sertifikat CEFR B2 darajasida bilishi).
Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office (Word, Excel, Power point), ofis dasturlarini mukammal bilishi, internet tarmoqlaridan foydalana olishi
hamda kompyuterda ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim.
Lavozim majburiyatlari:
Mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha kontraktlarni rasmiylashtirish hamda to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qiyotgan talabalar bilan o‘qish bo‘yicha xarajatlarni o‘z vaqtida to‘lash ishlarini o‘tkazish;
Tuzilgan shartnomalar monitoringini olib borish;
To‘lov kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalar kontingenti, to‘lovlarning
tushumi holati to‘g‘risida ma’lumotlar rahbariyatga taqdim etib borish va monitoringizni amalga oshirish;
To‘lov kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar bilan yil davomida shartnomalar tuzish va ularni rektor tomonidan imzolangandan so‘ng bir nusxasini talabaga taqdim qilish;
To‘lov kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar monitoringini universitet buxgalteriyasi bilan birgalikda olib borish;
To‘lov kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalarning pul tushumlarini nazoratini olib borish va xar kunlik pul tushumi to‘g‘risidagi ma’lumotni bosh buxgalterga taqdim etish;
ta’lim muassasa obro‘si va sha’niga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat qilish;
ta’lim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi va universitetning boshqa lokal hujjatlari talablariga rioya qilish;
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
nomzodlarga quyidagilarni ta’minlaydi:
- barqaror oylik maosh;
- istiqbolli karyerani nazarda tutgan qiziqarli mehnat faoliyati.
Hujjatlarni topshirish muddati: 2026- yil 26-may (shu kuni soat 18:00 ga qadar).
Nomzodlardan hr-dep@univ-silkroad.uz elektron manziliga va +99893 523-22-95 telegram raqamiga quyidagi ma’lumotlarni yuborishi so‘raladi:
· Ma’lumotnoma (obyektivka);
· Diplom (bakalavr yoki magistr diplomi ilovalari bilan);
· Chet tilini bilish sertifikati.
Ma’lumot uchun telefonlar:
+998 66 240-67-73
+998 66 240-67-68