×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Chorshanba, 03 May 2023 14:51

Xаlqаro kongress yuqori dаrаjаdа tаshkil qilinib, uning nаtijаlаri turizm sohаsigа tаdbiq qilinаdi

Koʼhna va hamisha navqiron Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida 1-3-may kunlari o‘tkazilgan “Insoniyat va yer yuzi uchun gastronomik turizm kongressi: innovatsiya, imkoniyatlar va barqarorlik” mavzusidagi kongress o‘ta samarali tashkil qilinganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Xalqaro kongress Turkiya Respublikasidagi “Pamukqaʼla” universiteti bilan hamkorlikda tashkil qilindi. Unda gastronomiya turizmi rivojlangan va shu yo‘nalishda amaliy natijalarni qo‘lga kiritayotgan Turkiya, Indoneziya, Belorussiya, Ozarbayjon, Tojikiston kabi davlatlardan professor, olimlar tashrif buyurib, sohada amalga oshirilishi lozim bo‘ladigan nazariyalarga to‘xtalib o‘tishdi.

Yuqori darajadagi anjumanni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti birinchi prorektori J.Eltazarov kirish so‘zi bilan ochib, xalqaro kongress ishiga omad tiladi.

Biz o‘tgan yili “Ipak yo‘li turizm va madaniy meros xalqaro universiteti bilan gastronomiya turizimi sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha shartnoma imzolagan edik. Ushbu shartnoma asosida mazkur konferentsiyani tashkil etdik. Haqiqatan ham turizmni rivojlantirishda mamlakatga turistlarni jalb etishda milliy taomlarning, oshxona madaniyatining katta o‘rni bor. Qardosh O‘zbekiston o‘zining taomlari, nonlari bilan mashhur hisoblanadi. Bu go‘zal madaniy boylikni juda chiroyli tarzda turistlarga taqdim etish turizm uchun juda muhimdir. Ushbu anjuman gastronomiya turizmining turli masalalarini muhokama qilinishi bilan ahamiyatli hisoblanadi, - deydi Turkiya Respublikasidagi “Pamukqaʼla” universiteti rektori, professor Аhmet Kutluxon.

Xalqaro kongressning birinchi kuni har tomonlama ishchan ruhda tashkil qilinib, unda olimlar tomonidan gastronomiya turizmi sohasidagi maʼruzalar qilinganligi bilan barcha ishtirokchilarda qiziqish o‘yg‘otdi.

2-may kuni xalqaro kongress ishtirokchilari birinchi bo‘lib, Аmir Temur maqbarasida bo‘lib, ulug‘ ajdodimiz haqqiga duo qilishdi. Shundan so‘ng Samarqand shahrining yuragi bo‘lgan Registon maydonida bo‘lib, bu yerda ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan qurilish va arxitekturaning noyob qirralari bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek mehmonlar Bibixonim, Shohi Zinda masjid majmualarida va Ulug‘bek observatoriyasida va Xo‘ja Doniyor maqbarasida ham bo‘lishdi.

         3-may kuni xalqaro kongressning kun tartibida nazariya bilan amaliyotning uyg‘unlashuvi yaʼni olimlar va gastronomiya turizmi sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarning uchrashuvi, muloqoti bilan ahamiyatli bo‘ldi. Tadbirda olimlar, tadbirkorlar bugungi kunda gastronomik turizm sohasida sohada amalga oshirilishi lozim bo‘ladigan vazifalarga to‘xtalib o‘tishdi va universitet talabalarining savollariga javob berishdi.

O'qilgan 1622 marta
Kategoriya Konferensiyalar

Foto

{gallery}1650{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar