×

Внимание

Simple Image Gallery Pro Notice: Joomla's /cache folder is not writable. Please correct this folder's permissions, clear your site's cache and retry.

Dushanba, 15 May 2023 11:41

Ipak yo‘li xalqlarinining tarixi, madaniy merosi va turizm imkoniyatlari (o‘tmish va hozirgi kun) bo‘yicha birinchi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

2023-yil 10-12-may kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Ipak yo‘li xalqlarining tarixi, madaniy merosi va turizm imkoniyatlari (o‘tmish va hozirgi kun) bo‘yicha birinchi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti birinchi prorektori J.Eltazarov kirish so‘zi bilan anjumanni ochib berdi. Anjumanda turizm sohasidagi yetakchi milliy va xorijiy mamlakatlar olimlarining taqdimotlari bo‘lib o‘tdi. Konferensiyaning maqsadi global yutuqlar, akademik bilim va tajriba almashish edi. Anjumanda Ipak yo‘lining global ahamiyati va tarixi, uning uzluksizligi va mintaqaviy ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy aloqalarni, barqaror turizm va madaniy merosni qo‘llab-quvvatlashdagi o‘rni haqida so‘z bordi.

Ushbu nufuzli anjumanda 20 dan ortiq akademik taqdimotlar va videokliplar namoyish etildi. Konferensiyaning yakuniy hujjatida ushbu xalqaro forum har yili o‘tkaziladigan tadbirga aylanishi kerakligi, materiallar alohida to‘plamda nashr etilishi kerakligi taklif qilindi.

O'qilgan 1584 marta
Kategoriya Konferensiyalar

Foto

{gallery}1667{/gallery}

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar