23.10.2026
E’LON
PhD dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi
2026-yil 24-oktabr kuni soat 10:00 da universitetimiz huzuridagi Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarda mustaqil izlanuvchi Mardonova Malika Asatilloyevnaning dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.
Dissertatsiya “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekistonda xavfsiz turizmni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan.
📅 Sana: 2026-yil 24-oktabr
🕙 Vaqt: 10:00
📍 Manzil: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining tematik ofisi