23.10.2026
E’LON
PhD dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi
2026-yil 24-oktabr kuni soat 14:30 da universitet huzuridagi Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarda tayanch doktorant Abdusaidova Shirin Yakubovnaning dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.
Dissertatsiya “Turizm va mehmonxona faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha “Mehmonxona korxonalari xizmatlari sifati va raqobatbardoshligini oshirish usullari (Samarqand viloyati misolida)” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan.
📅 Sana: 2026-yil 24-oktabr
🕝 Vaqt: 14:30
📍 Manzil: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining UN Tourism tematik ofisi