O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 12-yanvarda qabul qilingan “Xorijiy davlatlarda O‘zbekiston tarixi va madaniyati, o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganishni keng targ‘ib qilish orqali turistlar oqimini ko‘paytirish hamda mamlakatimiz nufuzini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-19-son qarorining 2-ilova, 12-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida o‘zbek tili va adabiyotini o‘rganayotgan xorijlik talabalar uchun 2026-yil 13-martda “Tillar va global tadqiqotlar” kafedrasi mudiri T.Sultanov, “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi boshligʻi N.Abduvaxidova hamda Xotin-qizlar kengashi raisi M.Abbasova tashabbusi bilan “Adabiy kecha” va “She’riy mushoira” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi, Xalqaro Amir Temur jamoat fondi viloyat bo‘limi rahbari, “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni sohibasi, shoira Zuhrabegim (Zuhra Eshonqulova), Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi, “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni sohibi, shoir Zubaydulla Ibragimov hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, bolalar ijodkori Tozagul Jumanova ishtirok etib, o‘z ijod namunalaridan she’rlar o‘qidilar va talabalarga adabiyot, ma’naviyat hamda ijod haqida qimmatli fikr-mulohazalar bildirdilar. Shuningdek, xorijlik talabalar ham o‘zbek tilida she’rlar o‘qib, o‘zbek adabiyotiga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.
Tadbir davomida talabalar o‘zbek tilida turli she’rlardan namunalar o‘qib, o‘zbek adabiyoti va madaniyatiga bo‘lgan hurmat va qiziqishlarini ko‘rsatdilar. Samimiy va ijodiy ruhda o‘tgan ushbu uchrashuv xorijlik yoshlar orasida o‘zbek tili va adabiyotini keng targ‘ib qilish, milliy madaniyatimizni tanitish hamda turli millat vakillari o‘rtasida madaniy-ma’naviy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.