“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Ona tilim – millat faxri, yurakdagi iftixor!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitetning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Nargiza Abduvaxidova kirish so‘zi bilan ochib, o‘zbek tilining milliy o‘zlikni ifoda etishdagi o‘rni, uning tarixiy ildizlari hamda bugungi kunda davlat tili sifatidagi ahamiyatini alohida ta’kidladi.
Tadbir davomida o‘zbek tili – qadimiy tarixga ega, ulkan madaniyat va buyuk allomalarni dunyoga keltirgan til sifatida e’tirof etildi. Bayramona ruhda kechgan tadbirda ona tilini madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar yangradi, “Ona tilim – omon bo‘l” nomli videorolik namoyish etildi.