Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“ILM VA MA’RIFAT YO‘LIDA MATONAT: UNIVERSITETIMIZ VAKILLARI VILOYAT MIQYOSIDA TAQDIRLANDI”

19.02.2026 1 daq o'qish 42

“ILM VA MA’RIFAT YO‘LIDA MATONAT: UNIVERSITETIMIZ VAKILLARI VILOYAT MIQYOSIDA TAQDIRLANDI”

Universitetimizning ilm-fan va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan beqiyos hissasi yana bir bor yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Muhayyo Abbosova hamda Turizm kafedrasi dotsenti, Muslima Amiriddinova Samarqand viloyati miqyosida o‘zlarining samarali mehnatlari bilan munosib e’tirof qilindi.

Ulaming ta’lim-tarbiya, ilmiy izlanishlar va xotin-qizlar faolligini oshirish borasidagi xizmatlari viloyat rahbariyati tomonidan munosib baholanib, Samarqand viloyati xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tantanali marosimda viloyat hokimi o‘rinbosari Zebo Saidova tomonidan Tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

Universitet jamoasi nomidan ushbu yorqin yutuqlari bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz va ilmiy-pedagogik faoliyatlarida yanada ulkan zafarlar tilaymiz!

Galereya

Ulashish: