logo
"Ipak yo'li"
turizm va madaniy
meros xalqaro universiteti
image

#“DOLZARB 90 KUNLIK” – TURIZM SOHASIGA QIZIQUVCHILAR UCHUN O‘QUV-SEMINAR

Yoshlar oyligi va “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Mehmonxona xodimi va gid kasblari” bo‘yicha 1 haftalik o‘quv-seminar tashkil etildi. Ushbu seminar viloyatning barcha tuman va shaharlaridan kelgan yoshlar uchun muhim bilimlar va amaliyotlar maydoniga aylandi. Seminarning asosiy maqsadi — yoshlarni mehmonxona xizmati, turoperatorlik va gidlik sohalarida zamonaviy ko‘nikmalar bilan ta’minlash, mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashdan iborat bo‘ldi.

Seminar nima berdi?

✔️ Soha mutaxassislari bilan bevosita uchrashuv

✔️ Amaliy mashg‘ulotlar — real holatlar asosida xizmat ko‘rsatish

✔️ Har bir ishtirokchiga sertifikat

✔️ Ishga joylashishda afzallik beruvchi bilimlar

✔️ Kasb-hunar va kommunikatsiya ko‘nikmalarini shakllantirish

5️⃣muhim tashabbus seminar davomida amalga oshirildi:

1️⃣ Jismoniy faollik – sport mashg‘ulotlari, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish

2️⃣ Kitobxonlik – turizm sohasiga oid adabiyotlar bilan tanishish

3️⃣ Texnologik savodxonlik – gidlar uchun zarur bo‘lgan raqamli ilovalar

4️⃣ Kasb-hunar o‘rganish – mehmonxona va gid xizmatining sir-asrorlari

Seminar tashkilotchilari: Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti. Seminar yakunida ko‘plab yoshlar o‘zlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. Turizm — bu nafaqat kasb, balki dunyoqarash, madaniyat va insonlar bilan muloqot san’ati!


image
image
image
image
image
image
image
Qidiruv