O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-yanvardagi “Oliy ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 14-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “Tarix va madaniy meros” kafedrasi filiali Yahyo G‘ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya institutida ochildi.
Ushbu filial turizm va madaniy meros sohasida ilm-fan, ta’lim va amaliy faoliyat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, talabalar nazariy bilimlarini real ish jarayonida mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Qayd etilishicha, 2025–2026-o‘quv yili davomida universitetning arxeologiya, muzeyshunoslik yo‘nalishi talabalari tomonidan 200 soatdan ortiq amaliy mashg‘ulotlar aynan arxeologiya instituti laboratoriyalarida o‘tkazilgan.
Kafedra filiali dual ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish, bozor talablariga mos raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, shuningdek, hududning turizm salohiyatini rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish orqali viloyatning arxeologiya, muzeyshunoslik va madaniy meros obyektlarini konservatsiyalash sohasidagi ilm-faniga hissa qo‘shadi.