Joriy yilning 9-oktyabr kuni universitetimizda Tarjima nazariyasi yo‘nalishida ta'lim olayotgan birinchi bosqich talabalariing ota-onalari uchun “Ota-onalar kongressi” bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbir talabalarning ta'lim jarayoni va ular uchun yaratilgan sharoitlar haqida kengroq ma'lumot berish, shuningdek, ota-onalar bilan universitet rahbariyati o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etildi.
Kongressda universitet rahbariyati, fakultet dekani, professor-o‘qituvchilar hamda birinchi bosqich talabalariing ota-onalari ishtirok etdilar. Tadbir davomida ota-onalarga ta'lim dasturlari, kredit-modul tizimi, talabalar hayoti, ularning huquq va majburiyatlari, yotoqxonalardagi sharoitlar, shuningdek, klub va to‘garaklar faoliyati haqida batafsil ma'lumot berildi.
Ota-onalar farzandlari ta'lim olayotgan binolar, kutubxona, sport zallari va yotoqxonalar bilan yaqindan tanishdilar. Ular yaratilgan sharoitlardan mamnun ekanliklarini bildirib, universitet rahbariyatiga samimiy minnatdorchilik izhor etdilar.
Tadbir ochiq muloqot ruhida o‘tganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.