Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Farg‘ona turistik-rekreatsion zonasi tadbirkorlari uchun mehmondo‘stlik va xizmat ko‘rsatish madaniyati bo‘yicha masofaviy o‘quv seminar tashkil etildi

12.02.2026 1 daq o'qish 49

Farg‘ona turistik-rekreatsion zonasi tadbirkorlari uchun mehmondo‘stlik va xizmat ko‘rsatish madaniyati bo‘yicha masofaviy o‘quv seminar tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi “Farg‘ona turistik-rekreatsion zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq hududda mehmondo‘stlik va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Farg‘ona viloyati Shohimardon mahallasida turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar hamda turizmga qiziquvchi yoshlar uchun 9–13-fevral kunlariga mo'ljallangan 20 soatlik o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminar tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida o‘tkazilib, unda mehmondo‘stlik etikasi, zamonaviy xizmat ko‘rsatish talablari, mijozlar bilan muloqot madaniyati hamda hududiy turizm salohiyatini oshirish masalalari yoritildi. Mashg‘ulotlar amaliy misollar va interaktiv usullar asosida olib borildi.

Ushbu tadbir hududda xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va Farg‘ona turistik-rekreatsion zonasining jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.

Galereya

Ulashish: