Ertaga 18-oktabr Samarqand kuni munosabati bilan universitetimizning Logistika-225 guruhi talabalari tomonidan "Samarqand-yer yuzining sayqali" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida Samarqand shahri tarixi va uning ko'rinishi tasvirlari namoyish qilinib, Vatanni madh etuvchi qo'shiqlar va raqslar ijro etildi. Sahnada talabalar Samarqand tarovati haqidagi lavhani namoyish qilish bilan birga, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning vatan, Samarqand noni sog'inchini zo‘r mahorat bilan ijro qilishdi. Shuningdek bayram tadbirida iqtidorli talabalarning Registon ansambli maketi va milliy hunarmandlik namunalari ko'rgazma sifatida taqdim etildi.