UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Talabalar uchun turizmga oid mehmon ma’ruzasi tashkil qilindi

08.05.2026 1 daq o'qish 1

Talabalar uchun turizmga oid mehmon ma’ruzasi tashkil qilindi

2026-yil 7-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Voqealar taqvimi turistik yo‘nalishlarni shakllantirish vositasi sifatida: festivallar va bayramlarning roli” mavzusida mehmon ma’ruzasi tashkil etildi.

Ma’ruza mehmoni sifatida Moskva davlat madaniyat instituti Madaniyat boshqaruvi va iqtisodiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Yekaterina Nikolayevna Zubkova ishtirok etdi. U festivallar, bayramlar va madaniy tadbirlarning turistik yo‘nalishlarni shakllantirish, destinatsiyalarni targ‘ib qilish hamda voqeaviy turizmni rivojlantirishdagi muhim o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda ikki oliy o‘quv yurti – “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Moskva davlat madaniyat instituti o‘rtasida tajriba almashishga alohida e’tibor qaratildi. Ma’ruza talabalarga voqealar taqvimidan turizmni rejalashtirishning samarali vositasi sifatida foydalanish bo‘yicha amaliy yondashuvlarni o‘zlashtirish imkonini berdi.

Tadbir tashkilotchisi Turizm kafedrasining katta o‘qituvchisi Yelena Salnikova Yekaterina Nikolayevna Zubkovaga mazmunli ma’ruzasi va akademik hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan qimmatli hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.

Ulashish: