Dunyoning nufuzli Bolonya universiteti professori ishtirokida universitet talabalari uchun ma’ruza tashkil etildi
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Italiyaning nufuzli Bolonya universiteti professori Andrea Zinzani ishtirokida talabalar uchun maxsus ma’ruza tashkil etildi.
Ma’ruza davomida Samarqand hududidagi qadimiy madaniy meros maskanlari, ularning tarixiy ahamiyati, arxeologik tadqiqotlar natijalari hamda ushbu obyektlarni asrab-avaylash va turizm salohiyatini rivojlantirish masalalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, Kofirqal’a arxeologik yodgorligi misolida madaniy merosni saqlash, mahalliy hamjamiyat ishtiroki va xalqaro ilmiy hamkorlikning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Professor Andrea Zinzani o‘z ma’ruzasida Samarqandning Ipak yo‘lidagi o‘rni, hududning boy tarixiy-madaniy qatlamlari hamda zamonaviy ilmiy tadqiqotlarning yangi yo‘nalishlari haqida ham fikr yuritdi. Talabalar ma’ruza davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, xalqaro tajriba va ilmiy izlanishlar bo‘yicha muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Mazkur ma'ruza universitetda xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish, talabalar bilim va dunyoqarashini kengaytirish hamda madaniy merosni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi.