2026-yil 10-fevral kuni universitetimizda tahsil olayotgan xorijiy talabalar hamda professor-o‘qituvchilar bilan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi mutasaddilari uchrashuvи o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuv xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida pasport-viza rejimi qoidalariga rioya etishi hamda chet el fuqarolarining mamlakatimiz hududida bo‘lish tartib-qoidalariga bag‘ishlandi. Tadbir davomida ishtirokchilarga migratsiya qonunchiligining asosiy talablari, vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish, yashash va o‘qish bilan bog‘liq huquq hamda majburiyatlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, mutasaddilar xorijlik talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berib, amaldagi tartib-qoidalar hamda hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari yuzasidan muhim ma’lumotlar bilan берди.
Uchrashuv ochiq muloqot va savol-javob shaklida o‘tkazilib, ishtirokchilar uchun foydali va ahamiyatli bo‘ldi. Tadbir xorijiy talabalar orasida migratsiya qoidalariga rioya etish madaniyatini oshirishga xizmat qildi.