YUNESKO Bosh Assambleyasining 43-sessiyasi doirasida Bangladesh Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Dr Mohammad Moniral hamda ushbu mamlakatning Ta’lim vaziri Chowdhury Rafiqul Abrar sharafiga tantanali uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Samarqand shahridagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida Bangladesh Ta’lim vaziri Bangladesh va O‘zbekiston o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik, ta’lim sohasidagi aloqalarni yanada kengaytirish hamda qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar haqida so‘z yuritdi.
Tadbir ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, professor-o‘qituvchilar va talabalarning o‘zaro tajriba almashuvi hamda madaniy aloqalarni kengaytirish istiqbollarini muhokama etish uchun muhim maydon bo‘ldi.