“Kiber xavfsizligi oyligi” munosabati bilan Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Kiberxavfsizlik boshqarmasi mutaxassis xodimlari — A.Nasriddinov va E.Rabbimov universitetimizga tashrif buyurishdi. Uchrashuv davomida ular talabalarga zamonaviy raqamli tahdidlar, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, internetdan xavfsiz foydalanish hamda ijtimoiy tarmoqlarda uchraydigan firibgarliklarning oldini olish bo‘yicha muhimu amaliy tavsiyalar berishdi.
Mutaxassislar kiberxavfsizlikning bugungi kundagi ahamiyatiga alohida to‘xtalib, yoshlar orasida raqamli madaniyatni shakllantirish, axborot savodxonligini oshirish va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishda ogohlikning muhimligini ta’kidladilar.
Uchrashuv talabalar uchun qiziqarli taassurotlar qoldirdi. Savol-javoblar davomida talabalarning kiberxavfsizlik bo‘yicha e’tiborli bo‘lishi, zararli havolalar, spam xabarlar va yolg‘on ma’lumotlarni aniqlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
Tadbir yakunida mutaxassislar talabalarni raqamli makonda mas’uliyatli bo‘lishga chaqirib, o‘z imkoniyatlarini faqat xavfsiz va to‘g‘ri maqsadlarda ishlatish lozimligini uqtirdilar.