Universitetimiz turizm kafedrasi dotsenti F.Zoxidov tomonidan TH-225M guruhi magistrantlariga Samarqand shahridagi “SAG” MChJ faoliyati bilan tanishuv va amaliy dars tashkil etildi.
Dars jarayonida talabalarga “SAG” MChJning mahsulot ishlab chiqarish jarayoni, texnik va tashkiliy jihatlari, tayyor mahsulotni mahalliy va xalqaro bozorlarda sotish tartibi, narx siyosati, brending, ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan innovatsiyalar hamda korxona faoliyatiga oid bilim va malakalar berildi.
Amaliy dars magistrantlarning kasbiy ko‘nikmalarini oshirish, real sektor korxonalari bilan yaqindan tanishish va ilmiy izlanishlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qildi.