"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-sonli "Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyati oliy ta’lim muassasalarining keng qamrovli taqdimoti tashkil etildi. Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni giyohvandlik va psixotrop moddalarning zararli oqibatlaridan ogoh etish hamda viloyatdagi barcha ОТMlar hamkorligida talaba-yoshlarni narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat bo‘ldi.