Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2023-yildagi PQ-135-son hamda 18.07.2024-yildagi PQ-269-son qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 6-maydagi oliy ta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlarni turistik salohiyatini oshirish boʻyicha 2025-yilgi turizm mavsumiga moʻljallangan 01-16-237-son chora-tadbirlar rejasining 99.4-bandi ijrosi bo‘yicha Payariq tumanida navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi. Ushbu tadbir “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida ishlab chiqilgan maqsadli guruhlar uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursi dasturiga asosan, “Turizm salohiyatini rivojlantirish, qishloq turizmi imkoniyatlari va turizmda logistik xizmatlarning o‘rni” mavzusida bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar O‘zbekiston hududlarida mavjud tabiiy, madaniy va iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish orqali turizm salohiyatini oshirish masalalarini muhokama qildilar. Qishloq turizmini rivojlantirishning mahalliy aholi bandligini oshirish, milliy qadriyatlarni saqlab qolish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi roli alohida ta’kidlandi. Shuningdek, logistika tizimining turizm xizmatlarida tutgan o‘rni transport, joylashtirish va xizmatlar zanjirini muvofiqlashtirish orqali sayyohlar uchun qulay sharoit yaratishdagi ahamiyati yoritib berildi. Seminar yakunida ishtirokchilar o‘z fikr va takliflarini bildirib, kelgusida qishloq turizmi va logistik xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha amaliy hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oldilar.