2026-yil 25-fevral kuni universitetimizda erkak professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida “Xavfsiz ta’lim muhiti va pedagogning kasbiy etikasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ta’lim jarayonida xavfsizlik va o‘zaro hurmat tamoyillariga rioya qilish masalalari muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan o‘qituvchi-talaba munosabatlarida professional chegara, rasmiy muloqot doirasi hamda shaxsiy aloqalarga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Universitet rektori M.Xolmuxamedov va ma’sul xodimlar so‘zga chiqib, ta’lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirish dolzarb vazifa ekanligini ta’kidladilar.
Tadbirda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashishga qaratilgan profilaktik mexanizmlar, anonim murojaat tizimi va ichki monitoring jarayonlari haqida tushuntirishlar berildi. Bundan tashqari pedagog va xodimlarning, xizmat faoliyatida qonuniylik tamoyillariga amal qilishi, kasbiy etika me’yorlarini mustahkamlash zarurligi aytildi. Uchrashuv yakunida barqaror va samarali ta’lim muhitini yaratish yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.