Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Qozoq xalqining Navro‘zni nishonlash an’analari” mavzusidagi davra suhbatida universitetimiz talabalari faol ishtirok etdi

24.03.2026 1 daq o'qish 45

“Qozoq xalqining Navro‘zni nishonlash an’analari” mavzusidagi davra suhbatida universitetimiz talabalari faol ishtirok etdi

Universitetimizda ta’lim olayotgan qozoq talabalar “Qozoq xalqining Navro‘zni nishonlash an’analari” mavzusida tashkil etilgan davra suhbatida faol ishtirok etdilar.

Mazkur tadbirda Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i N. Abduvaxidova hamda Global ta’lim bo‘limi boshlig‘i I. Kadirova Samarqand davlat universitetida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida qatnashdilar.

Tadbir davomida universitetimizning Qozog‘istondan kelgan talabalari ham ishtirok etib, qozoq xalqining Navro‘z bayramini nishonlash an’analari haqida ma’ruzalar va taqdimotlar bilan chiqish qildilar. Ular milliy urf-odatlarning o‘ziga xos jihatlarini keng yoritib berdilar.

Davra suhbati mintaqa xalqlarining tarixiy va madaniy umumiyligini yoritishga qaratildi. Unda asrlar davomida shakllangan yagona an’analar, til va urf-odatlar haqida fikr almashildi. Ta’kidlanganidek, ajdodlarimiz ming yillar davomida qardosh xalqlar, do‘stlar va qo‘shnilar sifatida totuvlik va hamjihatlikda yashab, buyuk davlatlar va boy madaniyatlarni barpo etganlar.

Bu tarixiy uzviylik, ayniqsa, barcha xalqlar uchun umumiy bo‘lgan Navro‘z bayramida yaqqol namoyon bo‘ladi.

Galereya

Ulashish: