UZ RU EN
HEMIS
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Festival doirasida o‘qituvchilarimiz tomonidan seminarlar tashkil etildi

01.05.2026 1 daq o'qish 1

Festival doirasida o‘qituvchilarimiz tomonidan seminarlar tashkil etildi

Surxandaryo viloyatida o‘tkazilayotgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti o‘qituvchilari tomonidan mehmonxona hamda restoran sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun maxsus o‘quv-seminarlari tashkil qilindi. 12 soatlik dastur asosida o‘tkazilgan seminar davomida xizmat ko‘rsatish sifati, mehmonlarni kutib olish va kuzatish jarayonlari, zamonaviy boshqaruv yondashuvlari, mijozlar bilan samarali muloqot hamda festival davomida turistlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish masalalari keng yoritildi.

Seminar davomida turistlar oqimini boshqarish, mehmonxonalar bandligini optimallashtirish, restoran xizmatlarini takomillashtirish va muammoli vaziyatlarni tezkor hal etish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Seminar yakunida qatnashchilarga Turizm akademiyasi Samarqand kampusi tomonidan sertifikatlar topshirildi.

Ulashish: