“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida turizm sohasi talabalari uchun “Global Code of Ethics for Tourism” (Turizmning Global Axloq Kodeksi) mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi — bo‘lajak turizm mutaxassislarida xalqaro axloqiy me’yorlar, barqaror rivojlanish tamoyillari hamda mas’uliyatli sayyohlik tushunchasini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Seminar davomida ishtirokchilarga Butunjahon Turizm Tashkiloti (UN Tourism) tomonidan qabul qilingan “Global Code of Ethics for Tourism”ning asosiy prinsiplari — inson huquqlarini hurmat qilish, madaniy merosni asrash, atrof-muhitni muhofaza qilish, mehmondo‘stlik va mahalliy hamjamiyatlar manfaatlarini himoya qilish masalalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, talabalarga ushbu kodeksning turizm amaliyotida qo‘llanishi, turizm sohasida axloqiy mas’uliyat va professional xulq-atvorning ahamiyati bo‘yicha amaliy misollar keltirildi. Seminar yakunida talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirdilar, turizmning axloqiy jihatlari bo‘yicha muhokama va savol-javoblar o‘tkazildi. Tadbir talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, global turizm me’yorlarini chuqurroq anglash va ularni amaliyotda qo‘llashga xizmat qildi.