Maxsus imkoniyatlar
Shrift
Kontrast
Ovoz
logo "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

Universitetimizda “Ozarbayjonning tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi” mavzusida seminar o‘tkazildi

03.03.2026 1 daq o'qish 51

Universitetimizda “Ozarbayjonning tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi” mavzusida seminar o‘tkazildi

2026-yil 2-mart kuni universitetimizda turizm va madaniyat sohasi mutaxassislari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarga Boku Yevraziya universiteti dotsenti Xuseynova Immi Ali qizi taklif etilib, u “Ozarbayjonda tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida onlayn shaklda ma’ruza qildi.

Ma’ruzaning asosiy maqsadi tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, xalqaro amaliy tajriba bilan o‘rtoqlashish hamda akademik va sohaviy muloqotni chuqurlashtirishdan iborat bo‘ldi.

Notiq Ozarbayjonning tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi sohasidagi resurs salohiyati, sohaning joriy holati hamda kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlarini chuqur tahlil qildi. Shuningdek, ushbu tajribani O‘zbekistonda qo‘llash orqali tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmini rivojlantirish bo‘yicha ham fikr-mulohazalar bildirildi.

Seminarni universitetimiz prorektori, professor Toni Zou olib bordi. Tadbir YuNESKOning “Ipak yo‘li bo‘ylab barqaror meros turizmi” kafedrasi hamda Journal of Silk Road Tourism Studies ilmiy jurnali tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Galereya

Ulashish: