"Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi tomonidan universitet tyutorlari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar davomida “Tyutor” ilmiy-amaliy elektron jurnalining 1-sonida e'lon qilingan Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning maqolasi mazmuni atroflicha muhokama qilindi. Unda ilgari surilgan g‘oyalar hamda tyutorlik institutini yanada takomillashtirish, talabalar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ma'naviy-ma'rifiy faoliyatni kuchaytirish va individual yondashuvni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalarni tyutorlar faoliyatiga tatbiq etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Seminar jarayonida:
tyutorlik faoliyatini samarali tashkil etish;
talabalar bilan individual ishlash mexanizmlarini takomillashtirish;
yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish;
ma'naviy-ma'rifiy ishlar sifatini yuksaltirish;
ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida tyutorlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
Bunday seminarlar tyutorlarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda talabalar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.