Talabalar ishtirokida “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
Bugun, 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan universitetimiz Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda Xotin-qizlar kengashi hamkorligida “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” nomli tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir yurtimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligi va Vatan himoyasi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan jasur o‘g‘lonlarimizga bo‘lgan yuksak ehtirom ramzi sifatida tashkil etildi.